O‘zbekistonda ilk bor xalqaro tennis sporti haftaligi o‘tkaziladi
Sport
−
23 dekabr 2019
6846Joriy yilning 22-27 dekabr kunlari Namangan shahrida joylashgan "Barkamol avlod" sport saroyida stol tennisi bo‘yicha "Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari" haftaligi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda, Osiyo stol tennisi federatsiyasining 2019 yildagi "ITTF ASIA DEVELOPMENT PROGRAM" nizomi bo‘yicha tashkil etiladigan haftalikda 10 yoshdan katta bo‘lgan sportchilar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.
Yoshlarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida o‘tkazilayotgan "Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari" haftaligida stol tennischilardan tashqari, Markaziy Osiyo va Eron davlatlarining terma jamoalari ishtirok etadi.
Haftalik davomida terma jamoa a’zolari taktik-texnik, jismoniy holat bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quv mashg‘ulot yig‘ini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk marotaba o‘tkazilmoqda.