O‘zbekistonda ilk bor besh burchakli masjid bunyod etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda masjidlar, asosan, to‘rt yoki sakkiz burchak shaklida quriladi. Shu qatorda dunyo masjidlarining boshqa zamonaviy uslublari ham shart-sharoitlar hisobga olingan holda kiritilmoqda. Bu esa masjidlar qurish borasida katta tajribaga ega bo‘lib borayotgan o‘zbek usta-me’morlarining mahorati va bunyodkorlikning hilma-xilligini ifoda etadi.

Toshkent viloyatining so‘lim Zarkent qishlog‘ida “Odil ota” masjidi xonaqohi birinchi bor besh burchak shaklida qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Xonaqohning besh burchagi va undagi besh ustun dinimizning besh rukniga mengzatilgan”, dedi masjid imom-xatib Ma’murjon Abdurahmonov.

Katta yo‘l labida joylashgan ushbu jomening eng uzun burchagi yaxlit bir ko‘rinishda yo‘lovchilar e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Kirmagan kishining kirgisi, bir ko‘rgisi keladi. Hozirda qurilish ishlari nihoyasiga yaqinlashib, tashqi fasad qismi bo‘yoqdan chiqarilmoqda.

“Eski bino o‘rniga yangi masjidni qurish ishlari aslida 2017 yilda boshlangan edi. Orada mablag‘ yetishmovchiligi sabab ishlar bir muddat to‘xtab qolgan edi. Mana bugun Alhamdulillah, yakuniga yetkazish arafasidamiz. Tashqi ayvon bilan hisoblanganda 1200 namozxonni yangi masjidimiz o‘z bag‘riga sig‘diradi”, deya qo‘shimcha qildi Ma’murjon Abdurahmonov.

O‘zbekistondagi masjidlar soni 2075 taga yetgani haqida xabar bergan edik, yendilikda ularning soni yana bittaga ko‘payadigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Masjidlar soni ko‘pligi bo‘yicha Samarqand viloyati respublikada yetakchi o‘rinda turadi. Viloyatda 286 ta masjid bor. 

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

masjid

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing