O‘zbekistonda iqtisodiy tahlillar bo‘yicha yangi jurnal ochiladi - Hukumat qarori
Jamiyat
−
26 iyun 2019
6179Joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti huzurida makroiqtisodiyot, mintaqaviy iqtisodiyot va sanoat iqtisodiyoti ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etiladi.
Institut huzurida “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali tahririyati” DUK tashkil etiladi.
Mazkur jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritiladi.
LiveBarchasi