O‘zbekistonda IIV va Mudofaa vazirligi xodimlari kelishmaydimi? (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi va harbiylar o‘rtasidagi bahs aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi avtoturargohlardan birida bo‘lgani aytilyapti.

Videoda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi bir guruh harbiylari tuman IIB xodimiga bosim o‘tkazib, shaharda xizmat formasida yurish mumkin emasligini uqtirishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Videoda harbiy IIB xodimidan mashinadan tushishni talab qiladi. IIB xodimi ular bilan biror ish yo‘qligini aytib, avtomobildan tushishdan bosh tortadi.

IIB xodimi: Sizlar bilan qiladigan ishim yo‘q, meni o‘zimni rahbarim bor, o‘zimni yuqori turuvchi idoram bor.

Harbiy: Mashinadan tushing.

IIB xodimi: Meni ursanglar uringlar, qo‘limni qayirsanglar qayiringlar.

Harbiy: Sizga qo‘l ko‘tarib bo‘ladimi?

IIB xodimi: Bo‘lmasa noqonuniy xarakat qilmanglar.

Harbiy: Hozir siz noqonuniy yuribsiz

IIB xodimi: Qonun nimaligini bilasizmi o‘zi?

Harbiy: Yo‘q, bilmaymanda 

IIB xodimi: Bo‘ldi unda qonunni buzmang.

Harbiy: Shaharda bunday formada yurish mumkin emas o‘rtoq mayor. Faqat dalaga biriktirilganman dedingizmi, ayni o‘sha dala hududida kiyish mumkin. Shaharda bu kiyimda yurish qat’iy mumkin emas.

IIB xodimi: Agar, mumkin bo‘lmasa bizni rahbarlarga yozma ravishda xat kiriting.

Harbiy: xat kiritganmiz.

IIB xodimi: Xujjatlarimni suratga oldingiz, familiyamni yozib “nachalnik UVD” nomiga xat bering. Xizmat tekshiruvi o‘tkazib, qonun talabini buzgan bo‘lsam menga chora ko‘radigan “nachalnik UVD” bor maxsus inspeksiya bor. Sizni xaqqingiz yo‘q meni to‘xtatishga.

Shu orada harbiylar IIB xodimini kimdir bilan telefonda gaplashtirdi ham. IIB xodimi telefonda uning rahbari borligini, harbiylar uning yo‘lini to‘sib, o‘z vakolati doirasidan chetga chiqayotganini aytdi. 

Holat yuzasidan hozircha Mudofaa vazirligi ham, Ichki ishlar vazirligi ham rasmiy ma’lumot bermadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

IIV Mudofaa vazirligi Qarshi

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing