O‘zbekistonda ichki ishlar organlariga yangi vakolat berildi
Jamiyat
−
10 avgust 2023
45371O‘zbekistonda ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqi berildi. Tegishli qonun kecha, 9 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma’qullandi.
Hujjatda narkologik kasalliklardan aziyat chekuvchi shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni nafaqat narkologiya muassasalari, oila a’zolarining (qarindoshlarining) iltimoslariga asosan, balki ichki ishlar organlarining tashabbusiga ko‘ra ham rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelgani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar tomonidan fuqarolar xavfsizligi va sog‘lig‘iga tahdid qilinishi, jamoat tartibi buzilishi, huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.
Shuniningdek, yangi qonun doirasida klinik tekshiruvlarni narkologiya dispanserlari bilan bir qatorda tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyun kuni “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun Oliy Majlis senatida ma’qullangan edi.
LiveBarchasi