Rasman: prokuror, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektorlar bo‘yicha vazifalardan ozod etiladi 

Jamiyat

image

Endi prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21 aprel kuni qabul qilingan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati quyidagicha yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi:

  • prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi;
  • sektorlar ishiga Bosh vazir o‘rinbosarlari va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari mas’ul etib belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda sektorlarning yangi tartib asosida faoliyat yuritishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida hududlarni sektorlarga bo‘lib boshqarish tizimi bekor qilinishini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

soliq prokuror ichki ishlar sektor rahbarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing