O‘zbekistonda GAZ yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi

Texnologiya

image

GAZ avtozavodi O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Bu bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov olib borishdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston va Rossiya bir qator shartnomalarni imzoladi. 

Xususan, "Gruppa GAZ" tomonidan O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ularning qaysi modellari bo‘lishi hozircha noma’lum, ammo zavod quyidagi yetti oiladan iborat avtomobillar guruhini ishlab chiqaradi:

•  Gazel NEXT

•  Gazel CITY

•  Gazon NEXT

•  Sadko NEXT

•  Gaz 4WD

•  Gazel Biznes

•  Sobol Biznes.


Maqola muallifi

Teglar

gaz avtozavod

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing