O‘zbekistonda futbol musobaqalari avgust o‘rtasigacha to‘xtatildi
Sport
−
27 iyul 2020
4983O‘zbekistonda futbol musobaqalari 15 avgustgacha to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi ma’lum qildi.
Bugun, 27 iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi respublikada karantin talablari 15 avgustga qadar uzaytirilganidan kelib chiqib, mana shu muddat davomida futbol uchrashuvlarini o‘tkazmaslik bo‘yicha tavsiya xatini taqdim etdi. Ya’ni, terma jamoalar uchun mas’ul tashkilot ham futbolchilar salomatligi masalasini birinchi planga olib chiqdi.
O‘z navbatida O‘zPFL ham mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog‘liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olib, barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar qoldirdi.
“Musobaqaning qay tariqa tiklanishi, taqvim va format qay ko‘rinishda bo‘lishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. O‘zPFL og‘ir sharoitda barcha yurtdoshlarimizga sabr, matonat va salomatlik tilaydi”, deyiladi tashkilot xabarida.
LiveBarchasi