O‘zbekistonda energetika tarmog‘ini yangilashga 14 trln so‘m sarflandi – Energetika vaziri (video)
Jamiyat
−
23 noyabr 2023
5018Kecha, 22 noyabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Hukumat soati”da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot berdi. Majlisda qatnashgan deputat Sanjar Hamidullayev Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarini yangilash uchun sarflangan mablag‘ miqdori, ular qayerdan olingani va qachon, qaysi manba hisobidan qaytarib berilishi bilan qiziqdi.
Bunga javoban vazir birgina Toshkent shahri uchun qancha mablag‘lar ishlatilganini aytmagan bo‘lsa-da, butun respublikada buning uchun 14 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ishlatilganini ma’lum qildi. Mirzamahmudovga ko‘ra, buning uchun davlat byudjeti va mahalliy hokimliklar mablag‘lari, shuningdek, kredit resurslari yo‘naltirilgan.
“Import uskunalar, kabel hamda transformatorlar, o‘zimizda chiqmaydigan uskunalarni chetdan olib kelingani inobatga olinib, kredit resurslari olindi. Buni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qarorida barcha ko‘rsatkichlar, qanday qaytarish, “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan o‘zining moliyaviy oqimlarida kreditlarni qaytarish — hammasi inobatga olingan. Batafsil ma’lumot kerak bo‘lsa, buni yozma ravishda alohida yopiq xat bilan kiritib beramiz”, degan vazir Mirzamahmudov.
Eslatib o‘tamiz, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov agar bu yilgi qishda anomal sovuq takrorlansa, qanday chora ko‘rilishi aniq belgilab olinganini aytgandi.
LiveBarchasi