O‘zbekistonda elektr iste’moli rekordi yangilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kuzatilayotgan kuchli jazirama fonida elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yozgi mavsumning yangi rekordi qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 13 iyul kuni mamlakatda bir sutkada 281,5 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Shu kuni iste’mol hajmi esa 278,6 million kilovatt-soatni tashkil etgan.

Mazkur ko‘rsatkich avvalgi yozgi rekorddan 6 million kilovatt-soat yoki 2,2 foizga yuqori bo‘lgan. Bungacha eng yuqori sutkalik iste’mol 2025 yil 18 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakat bo‘yicha 272,6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflangan.

Vazirlikka ko‘ra, yaqin kunlarda havo haroratining yanada ko‘tarilishi sababli elektr energiyasi iste’moli va energetika tizimi yuklamasi bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilishi mumkin. Shu munosabat bilan energetika korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, ayrim hududlarda elektr tarmoqlaridagi avariyalar sabab elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi qayd etilgan.

Energetika vazirligi fuqarolarni elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishga, ayniqsa eng yuqori yuklama soatlarida zarur bo‘lmagan elektr jihozlarini o‘chirib turishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy hafta oxirigacha jazirama kuchayib, havo harorati ayrim hududlarda 44 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Jazirama sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi yozning issiq kunlarida aholiga issiq ob-havo ta’siridan himoyalanish va salomatlikka e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, jazirama sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va yana 8 tumanidagi bog‘chalar, Хоразмдаги barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Navoiy viloyatidagi ayrim bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing