Jazirama sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopilmoqda

Jamiyat

image

Jazirama sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va yana 8 tumanidagi bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi munosabati bilan shahar va tuman hokimlarining qaroriga asosan quyidagi hududlardagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:

Nukus shahri - 2026 yil 13 iyuldan 18 iyulgacha;

Amudaryo tumani - 2026 yil 13 iyuldan 15 iyulgacha;

Beruniy tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha;

Xo‘jayli tumani - 2026 yil 13 iyuldan 18 iyulgacha;

Taxiatosh tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha;

Shumanay tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha;

Mo‘ynoq tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha;

Qonliko‘l tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha;

To‘rtko‘l tumani - 2026 yil 13 iyuldan 17 iyulgacha.

Bildirilishicha, bu qaror bolalarning sog‘lig‘ini issiq havoning ta’siridan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Ishni vaqtincha to‘xtatish tartibi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari va tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.

“Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligiga alohida e’tibor qaratishingizni, kunning eng issiq paytlarida ularning ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligingizni va zarur ehtiyot choralariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 13-17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, havo harorati eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing