O‘zbekistonda elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi

Jamiyat

image

2026 yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 28 sentyabrdagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bu uch bosqichda amalga oshirilib, 2030 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholining o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun elektr ishlab chiqarish hajmini kamida 120 milliard kilovatt soatga yetkazish maqsad qilingan. Shunga qaramay, yangi quvvatlarni ishga tushirish va tarmoqlarni to‘liq modernizatsiyalashga 52 milliard dollar investitsiya zarur.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddilar oldiga yagona elektr savdosi platformasini yaratish va 2024 yil yakuniga qadar uni sinovdan o‘tkazib, ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Prezident energetika bozorini erkinlashtirish jarayonida elektr energiyasini aholiga respublikaning barcha hududlarida 2035 yilga qadar bir xil narxda sotilishi talabiga hamda tariflarni belgilashda ijtimoiy himoya prinsipiga qat’iy rioya etish shartligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing