O‘zbekistonda dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
14800O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 11 avgustdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 231 so‘m 71 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21 so‘m 85 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 059 so‘m 9 tiyinga baholanib, 38 so‘mga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 19 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 65 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Bugundan tijorat banklari bir AQSH dollarining oldi-sotdisini 10200-10280 so‘m koridorida taklif qilishni boshladi.
LiveBarchasi