O‘zbekistonda doimiy aholi soni oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 million kishidan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 1 yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 37 million 543 ming 167 kishini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich bugun, 20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:14 holatiga ko‘ra, 37 million 576 ming 322 kishini tashkil etgan. Shundan:

  • Ayollar soni: 18,6 million kishi;
  • Erkaklar soni: 18,9 million kishi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo aholisi kelgusi 60 yil ichida o‘sishda davom yetib, 2080 yillarning o‘rtalariga kelib 10,3 milliardga yetishi xabar qilingandi. Joriy prognozga ko‘ra, 2100 yilda aholi soni avvalgi prognozlarga qaraganda 6 foizga yoki 700 million kishiga kam bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston aholi soni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing