Rasman: O‘zbekistonda avtomobil yonilg‘isi narxi arzonladi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
24961Avvalroq, “O‘zbekneftgaz” AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida dizel yonilg‘isining narxi 200 so‘mga kamaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 3 aprel kunidan e’tiboran, dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqarilishi belgilandi. Natijada dizel yonilg‘isining narxi bir oy vaqt davomida 500 so‘mga pasaygan bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Narxlar masalasida shuni ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5 foiz arzondir”, deyiladi kompaniya xabarida.
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etadi.
LiveBarchasi