O‘zbekistonda ilk bor “Yevro-4” va “Yevro-5” sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi
Texnologiya
−
31 mart 2020
59452020 yilning 30 mart kuni O‘zbekiston tarixida ilk bora “Yevro-4” va “Yevro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, olingan dizel yonilg‘isida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm bo‘lib, bu ko‘rsatgich Yevro-5 sinfiga mos dizel yonilg‘isiga to‘g‘ri keladi (10 ppm dan ko‘p emas). Ta’kidlanishicha, mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha Yevro-5 standartidagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yevro-4” va “Yevro-5” yonilg‘isining afzalliklari juda ko‘p. Jumladan, ushbu sinfdagi yonilg‘ilar dvigatel ishlash jarayonini yaxshilaydi, yemirilishni va zararli chiqindi gazlar mikdorini keskin kamaytiradi. Shuningdek, silindrlar ishlash davrini uzaytiradi.
Ushbu natijaga Fransiyaning “Axens” kompaniyasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislarining o‘zaro hamkorliklari sabab erishilgan. Xabarlarga ko‘ra, “Axens” kompaniyasining sxemasiga binoan jamiyat mutaxassislarining o‘z kuchi bilan reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatilgan.
LiveBarchasi