Farg‘onada dizel yonilg‘isini noqonuniy sotayotgan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
04 mart
4430Farg‘onada uyida dizel yonilg‘isini texnik talablarga zid ravishda sotayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirida Bag‘dod tumani, "Do‘rmoncha" MFYda yashovchi M.A. o‘z xonadonida noqonuniy tarzda dizel yonilg‘isini sotayotgani fosh bo‘lgan.
Qayd etilishicha, undan 640 litr dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Shuningdek, Toshloq tumani, "Qaqir" MFYda yashovchi X.M. o‘ziga tegishli mashina yukxonasida texnik talablarga zid ravishda 700 litr neft mahsulotini tashiyotgani ham aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida AI-80 markali benzin yonilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlangandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr