Toshkentda ham dizel yonilg‘isini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
04 mart
4161Toshkent shahar hududlarida dizel yonilg‘isini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.G‘. jami 1 250 litr dizel yonilg‘isini fuqaro A.B.ga 11,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Bektemir tumanidagi unga tegishli omborxonadan sotish uchun saqlab qo‘yilgan 3 600 litr dizel yonilg‘isi esa ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Shu bilan birga departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent kichik halqa yo‘li bo‘yida noqonuniy yonilg‘i savdosi bilan shug‘ullanib kelgan J.R. 200 litr dizel yonilg‘isini 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada dizel yonilg‘isini noqonuniy savdosi aniqlangan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi