O‘zbekistonda diniy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan saytlar soni ma’lum qilindi
Jamiyat
−
21 aprel 2021
8640O‘zbekistonda diniy yo‘nalishda 400 dan ortiq veb-sayt va turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar faoliyat olib boradi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lum qildi.
Rais o‘rinbosariga ko‘ra, 2017-2021 yillar mobaynida respublikada 49 ta yangi jome’ masjid ochildi. Shundan, 9 tasi 2021 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda masjidlarning umumiy soni 2088 tani tashkil etadi. Ulardan 2016 tasi jome, 72 tasi esa mahalliy masjid hisoblanadi.
Umuman olganda ushbu davrda 69 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan. Jumladan, 49 ta yangi masjidlar va 3 ta madrasa tashkil etildi hamda boshqa konfessiyalarga mansub 17 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning umumiy soni 191 taga yetdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi tashkilotlar va diniy soha xodimlarining 58 ta veb-sayti, 166 ta Telegram kanali, 200 ta Feysbuk sahifasi hamda Youtube videoxostingida 21 ta kanali faoliyat olib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra umumiy internet foydalanuvchilari qamrovi 5 mlndan ortadi.
LiveBarchasi