O‘zbekistonda dastlab 4,1 mlndan ortiq kishi emlanadi. Bular kimlar?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga 3138 ta emlash punktlari, 862 ta mobil brigadalar (har birida 1 nafar oilaviy shifokor, 1 nafar vaksinator va 1 nafar muolaja hamshirasi) jalb etilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassisi Vazira Mutalova ma’lum qildi.

O‘zbekistonda jami emlanadigan aholi soni 4 mln 112 ming 668 nafar, shundan:

•    65-74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar 1 mln 85 ming 797 nafar;
•    75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar 388 ming 686 nafar;
•    85 yosh va undan yuqori keksalar 139 ming 280 nafar;
•    tibbiyot xodimlari 447 ming 976 nafar;
•    surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh) 888 ming 190 nafar;
•    maktab o‘qituvchilari 689 ming 383 nafar;
•    maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari 223 ming 426 nafar;
•    Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 180 ming nafar.

Ushbu kontingent o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.

Avvalroq, O‘zbekistonda alohida toifalarni koronavirusga qarshi emlash mart oyining o‘rtalaridan boshlanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing