O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lmagan qiz koronavirusga chalindi

Jamiyat

image
Koronavirusga chalingan 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolgan – Almatov north_east

Koronavirusga chalingan 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolgan – Almatov

O‘zbekistonda chet elda bo‘lib qaytmagan, chet elda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan kontaktda bo‘lmagan shaxsda ham koronavirus aniqlangan. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov brifing vaqtida ma’lum qildi.

“20 yoshli qizda shunday holat aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan kontaktda bo‘lmagan. Biroq u o‘zi xohlagan va xohlamagan, bilib-bilmagan tarzda jamoat transportida, ish jarayonida umumiy foydalanadigan buyumlardan foydalangan bo‘lishi va shu orqali kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin”, dedi Bahrom Almatov.

Bosh sanitariya vrachining ta’kidlashicha, bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o‘tkazilgan, ular sog‘lom. 

“Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi”, deydi Almatov.

Avvalroq, koronavirusga chalingan bemorlarnin 5 nafarida kasallik alomatlari yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

827

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing