Koronavirusga chalingan 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolgan – Almatov
Jamiyat
−
24 mart 2020
12611O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirgan 5 kishida kasallik alomatlari yo‘qolgan. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov brifing vaqtida ma’lum qildi.
“Koronavirusga chalingan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosida kasallik alomatlari yo‘qolgan. Hozirda ular kuniga ikki mahal virusga tekshiruvdan o‘tishmoqda. Bu fuqarolar 14 kun karantinda saqlanadi. Virus yo‘qolganiga to‘liq ishonch hosil qilganimizdan keyin, ularga uyga ruxsat beramiz”, dedi Bahrom Almatov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi