O‘zbekistonda chegaralarni qo‘riqlash uchun 120 ta “mobil guruh” tashkil etildi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2022
12487O‘zbekistonda chegaralar xavfsizligini ta’minlash uchun turli kuch tuzilmalari xodimlaridan iborat 120 ta guruh tuzildi. Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Vatan sarhadlarini himoya qilish borasida chegara qo‘shinlari, mudofaa, bojxona xizmati, ichki ishlar organlari va mahallalar o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari: tajriba, samaralar va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tildi.
Tadbir bugungi kunda dunyodagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgani, shu bois, chegara mustahkamligini ta’minlash, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Xususan, O‘zbekiston hududiga turli jangari guruhlar kirib kelishining oldini olish, mamlakat sarhadlarining daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy-siyosiy va tezkor vaziyatni uzluksiz nazoratga olish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari bilan hamkorlikda joriy yil mart hamda avgust oylarida barcha chegaradosh aholi maskanlarida “Chegara-tozalash” tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Qo‘shni davlatlarda yuzaga kelayotgan keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyatning mamlakatimizga ta’sirining oldini olish, tezkor-kriminogen va ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini saqlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turli ko‘rinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi xodimlaridan iborat 120 ta “mobil guruhlar” faoliyati tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari xodimlari bilan hamkorlikda cho‘pon, ovchi va o‘rmon xo‘jaligi xodimlarini jalb qilgan holda 2022 yilning o‘tgan davri davomida chegaraoldi, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlarda 2 154 marotaba razved-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan.
LiveBarchasi