O‘zbekistonda chegara zonasi rejimi o‘rnatilgan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi rejimi ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar:

•    O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati;
•    Surxondaryo viloyati hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma’muriy hududiy bo‘linmalari ro‘yxati;
•    Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning qo‘shimcha ro‘yxati tasdiqlanadi.
•    Tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlari hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va boshqa ma’muriy hududiy bo‘linmalarining ro‘yxatiga amal qilinadi.

Chegara zonasida joylashgan aholi yashash maskanlarida chegara va pasport rejimiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat tashkil etiladi.

Chegara va pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 504˗son “O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga amal qilinadi.

Chegara zonasiga kirish (o‘tish), bu yerda bo‘lish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish tartibi haqida ommaviy axborot vositalarida aholi manzilgohlari va mehnat jamoalarida tushuntirish ishlari o‘tkazilishi tashkil etilib, bunda Ichki ishlar idoralarining tajribali xodimlari va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari jalb etiladi.

Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining 2000 yil 15-sentyabrdagi 196/164-son (ro‘yxat raqami 972), 2001 yil 21-sentyabrdagi 262/230-son (ro‘yxat raqami 1072) qo‘shma buyruqlari va 2001 yil 9 noyabrdagi 5/1-son (ro‘yxat raqami 1084) qo‘shma qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati:

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur, Maydontol, Ispay, Qo‘shbuloq, Tepar, Takayong‘oq, Jaujurek, Urungach, Chakak, Pskem aholi punktlari;

Shuningdek, Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi So‘x-Ush’yar, Sarikayda, Dimersat, Yangiariq, Ravon, Shayxatalan, Malmut, Divayram, Limbur, Tul, Kalacha, Gaznou, Kizilkiyak, Chashma, Farg‘ona tumanidagi Shohimardon, Iordan, Ak-kiya, Kurgancha, Oqsu, Ko‘kko‘l, Sholang, Dashloq, Dutoba aholi punktlari kiritilmoqda.

Surxondaryo viloyati hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar ro‘yxati:

Muzrobod tumani – Qorakamar, Boldir, Navbahor, Obodon, Sho‘rob, Beshqo‘tan, Xalqobod, Muzrobod, Guliston qishloq kengashlari, Boldir temir yo‘l bekati hududlari;

Sherobod tumani – Zarabog‘, Yangiturmush qishloq kengashlari hududlari;

Termiz tumani – Termiz shahri, Uchqizil shaharchasi, Termiz tayyoragohi, Sherobod, Termiz, Uchqizil, Novshahar, G‘alaba, Amuzang temir yo‘l bekatlari, Pattakesar, Paxtaobod, Yangiariq, Xotinrobot qishloq kengashlari hududlari;

Angor tumani – Angor shaharchasi, Do‘stlik, Navoiy, Kayram, Zang, Istiqlol, Yangiobod, Tallimaron – qishloq kengashlari hududlari;

Sariosiyo tumani – Xufar, Sufiyon, Sariosiyo, O‘zbekiston, Toqchiyon, Dashnobod, Bo‘ston, Navro‘z qishloq kengashlari hududlari;

Uzun tumani – Telpakchinor, Jonchekka, Oqostona, Fayzova, Bobotog‘, Xondiza, Uzun qishloq kengashlari hududlari;

Denov tumani – Goszemzapas hududi;

Sho‘rchi tumani – Sohibkor qishloq kengashi hududi;

Qumqo‘rg‘on tumani – Oqqapchig‘ay qishloq kengashi hududi;

Jarqo‘rg‘on tumani – Jarqo‘rg‘on qishloq kengashi hududi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarining qo‘shimcha ro‘yxati:

Tamsho‘sh, Tamarxut, Xamidarcha, Kishtut, Saripova, Angariqozi, Kunko‘rmas, Mush, Shotrut, Xovat, Xurvatan, Zambog‘, Mizat, Suxtay qishloq o‘tkazish joyi, Debolo vayronalari, Novida vayronalari, Bugrs vayronalari, Maydonqozi vayronalari, yozgi Dahani-Duoba, Pitibarak, Guziak, Karsak, Nigobad vayronalari, Ustoch, Zinchob, Zevar, Kundadjuvoz, Chosh, Pastikalon, Xo‘jaosmin, Maland, Karsh, Vochax, Zog‘xona, Hardurin, Guliob, Tangiziroba, Boyqishloq, Sarimozor, Gorniy, Zag‘nobod, Xamrau, Issiqchashma, Labiob, Bog‘i-Samarqand, Dorasoy aholi punktlari.


Maqola muallifi

Teglar

chegara

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing