O‘zbekistonda “britancha” koronavirus 10 yashar qizda aniqlangan

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusning “britancha” shtammi kirib kelgani haqida xabar bergan edik. Bu shtamm odatiy koronavirusdan yuqumli ekani bilan tilga tushgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, virus 10 yoshli qizda aniqlangan. U oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 23 yanvar kuni Toshkentga qaytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar  shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga COVID-19 ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, shikoyatlari yo‘q, tegishli tibbiy standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bo‘lgan oila a’zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy sharoitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan.

"SARS-CoV-2 virusi genomini o‘rganish uchun Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga yuqumli kasalliklar shifoxonasidan PZR usulida olingan 33 ta musbat natijali tomoq-burun namunasi “britancha shtamm”ni aniqlash maqsadida yuborilgandi. Ushbu namunalar PZR skriningi orqali birinchi bosqich tekshiruvidan o‘tkazilgan. Natijada, ular orasida   mutatsiyaga uchragan namunalar ham aniqlangan. Kuni kecha ikkinchi test bosqichida mutatsiya aniqlangan namunalardan birining genom qismlarida “britancha shtamm”ga xos bo‘lgan qo‘shimcha mutatsiya mavjudligi tasdiqlangan. Bu namuna esa 10 yoshli bemor Sh. (qiz bola)ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan", degan Bahodir Yusupaliyev.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing