O‘zbekistonda bitiruvchilarning o‘rtacha oyligi 4,9 mln so‘m – Baxtiyor Yo‘ldoshev

Jamiyat

image

2025 yil iyulidan 2026 yil iyunigacha bo‘lgan davrda bitiruvchilarning respublika miqyosidagi o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 million so‘mni tashkil etgan. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ta’lim yo‘nalishlari kesimida bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi quyidagicha:

  • Ijod (sport) yo‘nalishlari – 6,33 million so‘m;
  • Amaliy fanlar – 5,5 million so‘m;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 4,61 million so‘m;
  • Tibbiyot fanlari – 4,43 million so‘m.


Bitiruvchilarning o‘rtacha daromadi eng yuqori bo‘lgan ta’lim tashkilotlari reytingida quyidagi oliygohlar qayd etilgan:

  • Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi filiali – 23,4 million so‘m;
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti – 12,6 million so‘m;
  • Toshkent xalqaro Vestminster universiteti – 12,5 million so‘m;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 10,6 million so‘m;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 10,3 million so‘m;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 9,4 million so‘m;
  • Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish instituti – 9,3 million so‘m;
  • G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali – 9,0 million so‘m;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti – 8,4 million so‘m;
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 8,1 million so‘m.

Indeksda bitiruvchilarning rasmiy qayd etilgan daromadlari hisobga olinadi. Bunda bitiruvchining daromadi uning istiqomat qilayotgan hududidagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing