O‘zbekistonda bir sutkada qariyb 1,1 ming bemor sog‘aydi

Jamiyat

−

image

Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekistonda 679 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Xususan, so‘nggi 7 soatda 4 hududda 236 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar 31 983 nafarga yetdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 098 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 983 nafar bemordan 24 090 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 75 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 7 687 nafar bemordan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing