O‘zbekistonda benzin narxi “osmonga chiqqani” aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi bo‘yicha rekord narxlar yangilangani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Unga ko‘ra, bugun Toshkentdagi “Lukoyl” yoqilg‘i quyish shoxobchasiga keltirilgan Rossiyaning AI-95 markali benzinining litri 18 500 so‘m sotilayotgani aytilgan.
  
Anchadan beri O‘zbekistonda tanqisligi kuzatilayotgan AI-95 benzinini sotib olish uchun haydovchilar qo‘shni Qozog‘istonga ham chiqib kelishga majbur bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.   
  
QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida "O‘zbekneftgaz" matbuot kotibi Mo‘min Ibodov bilan ham bog‘landi. Uning aytishicha:

"Kompaniyaga tegishli shoxobchalarda AI-80 – 6050 so‘m,  AI-92 – 10 200 so‘m, AI‐95 – 12 200 so‘mdan sotilmoqda".

Shunga qaramay, QALAMPIR.UZ jamoasi yaqin atrofdagi "zapravkalar"dagi vaziyatni bilishga qaror qildi. O‘rganishlar natijasida davlatga tegishli shoxobchalarda AI-80 – 6050 so‘m, AI-92 – 10 200 so‘mdan sotilmoqda. Lekin AI‐95 markali benzin bir oydan beri sotuvda yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Energetika vazirligi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga AI-80 benzinini sotib olish uchun 10 tonnalik limit belgilagandi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov esa mamlakatda yoqilg‘i defitsiti yo‘qligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston benzin narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing