Rasman: O‘zbekistonda benzin narxi yana arzonlashdi
Jamiyat
−
11 aprel 2020
21805O‘zbekistonda AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirildi va 2020 yilning 13 aprel kunidan boshlab 5600 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mart oyidan buyon UNG milliy brendi ostidagi yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari bosqichma-bosqich pasaytirib kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftgaz" yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida bir oy vaqt oralig‘ida dizel yonilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.
Shuningdek, joriy yilning 26 mart kunidan e’tiboran AI-92 markali benzinning narxi pasaytirilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali aniqlanishi belgilangandi.
LiveBarchasi