O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yo erkaklar?

Jamiyat

image

2021 yilning 1 yanvar holati bilan O‘zbekiston aholisi orasida erkak soni ayollarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etyapti. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Joriy yil boshida O‘zbekiston doimiy aholisi 34,6 million kishini tashkil etyapti. Shundan erkaklar soni 17,4 million (50,3 foiz) kishi, ayollar soni 17,2 million (49,7 foiz) kishi ekanligi qayd qilingan.

Shuningdek, 1 yanvar holatiga aholining 50,6 foizi shaharlarda, 49,4 foizi qishloqlarda yashaydi.

Avvalroq, respublikada 2020 yilda qayd etilgan oilaviy ajrimlar haqida statistik ma’lumotlarni taqdim etkandik.


Maqola muallifi

Teglar

aholi

Baholaganlar

3608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing