O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish ko‘paydi
Jamiyat
−
21 iyul 2020
174442020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 143 455 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 23 450 taga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar soni:
• Nexia – 35 050 dona (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz)
• Cobalt – 37 682 dona (154,2 foiz)
• Lacetti Gentra – 26 047 dona (133,0 foiz)
• Sprak – 14 511 dona (160,4 foiz)
• Damas – 26 687 dona (115,8 foiz)
• Labo – 3 478 dona (90,7 foiz)
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtiradigan bo‘lsak, Nexia va Labo rusumli avtomobillar ishlab chiqarish kamaygan. Cobalt, Lacetti Gentra, Sprak, Damas avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ortgan.
LiveBarchasi