O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi
Jamiyat
−
19 dekabr 2020
5811Joriy yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 260 862 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2019 yilning (253 421 dona) mos davriga nisbatan 7 441 taga ko‘p, deb xabar bergan Davlat statistika qo‘mitasi.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-noyabr oylarida 73 871 dona Cobalt, 62 302 dona Nexia T-250, 45 835 dona Lacetti-Gentra, 48 284 dona Damas, 22 458 dona Spark hamda 8 112 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.
2020 yilda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish 1330 donaga kamaydi. 2019 yilda – 5 056 dona, 2020 yilda – 3 726.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish esa 24 mingga ko‘paydi. 2019 yilda 186,4 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 210,4 mingtaga yetgan.
Avvalroq, joriy yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekistonga qancha avtomobil import qilingani haqida ma’lumot bergan edik.
LiveBarchasi