Kia Sonet: O‘zbekiston yo‘llarida ikki yil davomida ishonchni qozondi
Biznes
−
28 iyul 1801 5 daqiqa
Kia Sonet O‘zbekiston bozoriga chiqqaniga ikki yil to‘ldi va bugun uni haqli ravishda brendning eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biri – O‘zbekistonning chinakam xalq krossoveri deb atash mumkin. Bugungi kunda 35 000 dan ortiq avtomobil har kuni mamlakat yo‘llariga chiqib, eng asosiy jihatni isbotlab bermoqda: xaridorlar ishonchi sifat, ishonchlilik va avtomobildan foydalanish tajribasi asosida qozoniladi.
Kia Sonet muvaffaqiyati – bu Kia sifatining jahon standartlari va zamonaviy ADM Jizzakh zavodidagi mahalliy ishlab chiqarishning muvaffaqiyatli uyg‘unligi natijasidir. Sonet dastlabki bosqichda O‘zbekistondagi haydovchilar har kuni duch keladigan sharoitlarga yaqin bo‘lgan shart-sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan. Mahalliy ishlab chiqarish yuqori darajadagi sifat nazorati, ehtiyot qismlarning hamyonbopligi va butun mamlakat bo‘ylab tezkor servis xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, modelni xaridorlarga yanada yaqinlashtirish imkonini berdi.
So‘g‘diyona, shifokor
“Kia Sonet barcha kutganlarimdan ham a’lo darajada o‘zini namoyon qildi. Ko‘pchilik uni yumshoq bo‘lmagan “qattiq” avtomobil deyishadi, ammo aslida bunday emas – avtomobil juda qulay va boshqarishda nihoyatda o‘ng‘ay bo‘lib chiqdi. Ayniqsa, balandroq holatda o‘rindiqqa joylashish, a’lo darajadagi ko‘rish imkoniyati va tejamkorligi menga yoqadi. Men bu avtomobildan shu qadar mamnunmanki, kelajakda ham aynan Kia Sonet’ni tanlashim aniq”.
(32).png.jpg)
So‘rov natijalariga ko‘ra, model egalari Kia Sonet’ni birinchi navbatda ishonchliligi uchun tanlashadi. Sinovdan o‘tgan atmosferali 1.5 MPI dvigatelining uzoq muddat xizmat qilishi, xizmat ko‘rsatish ishlarining soddaligi va tejamkor yonilg‘i sarfi bilan ajralib turadi, bu esa ayniqsa kundalik foydalanish davrida muhim hisoblanadi. Aynan shu bois Sonet shahar bo‘ylab harakatlanishda ham, mamlakat bo‘ylab uzoq safarlarda ham o‘zini birdek ishonchli his etadi.
Oleg, muhandis-loyihachi
“Kia Sonet’ni sotuvlar boshlanishi bilanoq deyarli darhol sotib oldim va 15 ming kilometr davomida u kundalik shahar avtomobili sifatida o‘zini to‘liq oqladi. Eng ko‘p manzur bo‘lgani – balandroq holatda o‘rindiqqa joylashish, ixcham o‘lchamlar, qulay osma tizimi va ajoyib klirens – shaharda harakatlanish va avtoturargohga joylashtirish juda qulay. Avtomobil tejamkor, boshqaruvda barqaror va muammo tug‘dirmaydi, garchi trassa yo‘lida atmosferali dvigatelga quvib o‘tishlarda ba’zan quvvat zaxirasi yetishmasa-da, shovqin izolyatsiyasi bundanda yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. Agar ortiqcha muammolarsiz ishonchli, chiroyli va qulay shahar krossoveri kerak bo‘lsa, unda Sonet – bu haqiqatan ham o‘z puliga eng maqbul tanlovdir”.
(37).png.jpg)
Avtomobil O‘zbekiston sharoitlariga a’lo darajada moslashgan. Uning 205 mm o‘lchamdagi klirensi yo‘l qoplamasidagi notekisliklar, sun’iy notekisliklar va yo‘llarning murakkab qismlarini ishonch bilan bosib o‘tish imkonini beradi. Shu bilan birga, ixcham o‘lchamlar va a’lo darajadagi manyovr qilish qobiliyati Sonet’ni shaharning tirband harakatlanishi, tor ko‘chalar va kundalik safarlar uchun mukammal hamrohga aylantiradi. Avtomobil tor ko‘chalarda o‘zini erkin his qiladi, harakatlanish oqimida ishonch bilan yo‘l qismini o‘zaro almashtiradi va hatto cheklangan to‘xtash joylariga ham bemalol sig‘adi, – deya ta’kidlaydi model egalari. Shu bilan birga, keng salon va sig‘imli yukxona uni yosh oilalar uchun ham, faol hayot tarzini olib boruvchi kishilar uchun ham qulay yechimga aylantiradi.
Amir, dasturchi
“Kia Sonet’da menga dizayn, ixchamlik, boshqaruvning osonligi va qulayligi yoqadi. Albatta, avtomobil o‘z kamchiliklariga ega, ammo narx va imkoniyatlar nisbatiga qaraydigan bo‘lsak, bu bozordagi eng muvaffaqiyatli variantlardan biri. Ortiqcha to‘lovsiz oddiy va qulay avtomobil izlayotganlar uchun Kia Sonet – bu barcha asosiy vazifalarni a’lo darajada bajaradigan, chindan ham “arzon, ammo sifatli” toifasidagi variant”.
(34).png.jpg)
Ammo Sonet’ning asosiy afzalligi – bu Kia brendiga bo‘lgan ishonch. O‘zbekistonda faoliyat yuritishni boshlangan davr mobaynida Kia o‘zini zamonaviy, texnologik va ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon etdi. Sonet brendning o‘ziga xos sifatini o‘zbek avtomobilistlariga zarur bo‘lgan qulaylik bilan uyg‘unlashtirib, ushbu obro‘-e’tiborning munosib davomiga aylandi.
Bobur, taksi haydovchisi
“Kia Sonet barcha umidlarimni oqladi, uni chin dildan tavsiya qila olaman. Mening bosib o‘tgan yo‘l masofam – 129 000 km, ammo avtomobil meni biror marta ham yo‘lda qoldirmadi. Birinchi navbatda, uning benzinni “tanlamasligi” menga yoqadi, atmosferali dvigateli umuman injiq emas. Shuningdek, ixchamligi ham menga juda ma’qul: tirbandlikda harakatlanish, burilib olish va yo‘l qismini o‘zgartirib olish oson, ayniqsa tor yo‘llarda”.
(38).png.jpg)
Ikki yil ichida Kia Sonet mamlakatdagi brendning eng ommabop modellaridan biri bo‘libgina qolmay, yangi shahar mobil harakatlanishining chinakam ramziga aylandi. Bugun Sonet’ni mamlakatning har bir shahrida uchratish mumkin. Har tong minglab Kia Sonet mamlakat yo‘llarida o‘z manzillari sari ravona bo‘ladi. Ular bolajonlarni maktabga eltib qo‘yadi, muhim uchrashuvlarga ulgurishga yordam beradi, sayohatlarga yo‘l oladi va oilaviy voqea hamda hikoyalarning bir qismiga aylanadi.
Arina, bola parvarishi ta’tilidagi ona
“Kia Sonet’ga o‘tish juda oson kechdi, men unga darhol ko‘nikdim. Avtomobil ixcham, shuning uchun uning boshqaruvida o‘zingni ishonchli his qilasan, ayniqsa shaharda.
Menga eng ko‘p – hayotni haqiqatan ham osonlashtiradigan funksiyalari yoqdi:
- parktroniklar avtoturargohga joylashishda sizni ogohlantiradi;
- harakatlanish vaqtida yo‘ldan chalg‘imaslik uchun ekrandagi ayrim funksiyalar bloklanadi;
- kalitlar tashqarida qolib ketsa, avtomobil bu haqda eslatma beradi;
- harakat boshlanishi bilan eshiklar avtomat tarzda bloklanadi;
- yanada tejamkor harakatlanish uchun eko-rejim mavjud;
- barqarorlashtirish tizimi sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni saqlab qolishga yordam beradi.
Sonet – bu chindan ham ortiqcha dabdabalarsiz, ammo foydali funksiyalar bilan birgalikda zaruriy jihatlarning barchasini o‘zida mujassam etgan avtomobil”.
(36).png.jpg)
Telefon: (+998) 55-500-83-33
Live
Barchasi