Audi AQŞda ilk zavodini qurmoqçi: loyihaga 4,2 mlrd dollar sarflanadi
Olam
−
10:51 437 2 daqiqa
Germaniyaning Audi avtomobilsozlik kompaniyasi AQŞning Jorjiya ştatida ilk zavodini qurişni rejalaştirmoqda. Loyihaga qariyb 4,2 milliard dollar sarmoya kiritilişi kutilmoqda. Bu haqda “Reuters” naşri ma’lum qildi.
Naşrning yozişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp 3 noyabr kuni bölib ötadigan Kongress saylovlari oldidan Jorjiya ştatida miting ötkazgan. Unda Audi kompaniyasi AQŞda 4,2 milliard dollarlik zavod qurişini e’lon qilgan va bu qarorni özining boj siyosati bilan boğlagan.
Mitingda Audi rahbari Gernot Dyollner ham iştirok etgan. U kompaniya AQŞ bozoriga uzoq muddatli sarmoya kiritayotganini ta’kidlab, bu bozorga işonç bildirgan. Dyollnerning aytişiça, zavod quriş haqidagi qaror bir neça oylik puxta rejalaştiriş va jadal muzokaralardan söng qabul qilingan. U, şuningdek, AQŞ Prezidentining taklifini qabul qilişni kompaniya sarmoya kiritayotgan mamlakat va uning rahbariga hurmat belgisi sifatida izohlagan.
Yangi zavodda yiliga 200 mingtagaça avtomobil işlab çiqariş rejalaştirilgan. Korxonada asosan qimmatbaho va yirik yöltanlamaslar, jumladan, Audi Q7, Q8 va Q9 modellarini işlab çiqariş kutilmoqda. Kompaniya yangi korxonada qariyb 4500 ta iş örni yaratişni möljallagan. Zavod 2031 yilga borib töliq işlab çiqariş quvvatiga çiqişi kerak.
Trampning boj siyosati qarorga ta’sir körsatgan
Audi’ning AQŞda zavod quriş qaroriga Donald Trampning savdo siyosati ham ta’sir qilgan. AQŞ import avtomobillarga joriy etgan bojlar kompaniyaning xarajatlarini oşirmoqda. Audi ma’lumotiga köra, ötgan yili uşbu bojlar sababli kompaniya qöşimça 1,2 milliard yevro sarflagan.
Hozirgaça nemis avtomobilsozlik kompaniyasi AQŞ bozoriga maşinalarni asosan Yevropa va Meksikadan yetkazib kelgan. Mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş esa import bojlari bilan boğliq xarajatlarni kamaytiriş imkonini berişi mumkin. Şu bilan birga, Audi AQŞdagi faoliyatini kengaytiriş bilan bir qatorda Germaniyada xarajatlarni qisqartirişda davom etmoqda.
Avvalroq, kompaniya 2029 yil oxirigaça Germaniyada 7500 tagaça iş örnini qisqartirişni rejalaştirayotganini e’lon qilgandi. IG Metall kasaba uyuşmasi Audi’ning AQŞ bozorida işlab çiqarişni yölga qöyiş rejasini umumiy ma’noda qöllab-quvvatlagan. Biroq taşkilot Germaniyadagi zavodlar faoliyati va xodimlarning iş örinlari saqlanib qolişi böyiça kafolat talab qilgan.
Live
Barchasi