Tishlari o‘tmadi. “UzAuto Motors" yana sudda g‘olib bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “UzAuto Motors” kompaniyasi o‘rtasida sud jarayonlari davom etmoqda. Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining ish yurituvida arizachi – “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatining javobgar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha joriy yilning 19 avgustidagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish yuzasidan sudning 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan javobgar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati joriy yilning 18 dekabr kuni mazmunan ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu sud majlisida javobgar vakillari tomonidan apellyatsiya shikoyatiga qo‘shimcha taqdim etilib, taraflar o‘rtasida muhokama qilinib ish yurituviga qabul qilingan. “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati vakillarining javobgar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati yuzasidan e’tirozlari tinglangan.

Apellyatsiya sudlov hay’ati taraflarning tushuntirishlari va prokurorning fikrini eshitib, ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Qarorga ko‘ra, birinchi instansiya sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluvchi qarori va xususiy ajrimi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Shuningdek, sudlov hay’ati ishni ko‘rishda taraf sifatida “Azimavtomotive” MCHJ va iste’molchilarni uchinchi shaxs sifatida jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etilganini e’lon qilgan.

Sudning qarori e’lon qilinganidan so‘ng, taraflarga nima sababdan sudlov hay’ati ushbu xulosaga kelganligi va qarorga nisbatan shikoyat berish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy muqaddam Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAutoMotors” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzayotganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atgan edi. Shundan so‘ng, maxsus komissiya kompaniya avtomobillar narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi.

Shundan so‘ng, kompaniya maxsus komissiya qarori ustidan sudga shikoyat qildi. Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yutqazdi. Keyinroq esa tashkilot sud qarori ustida apellyatsiya shikoyati kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing