O‘zbekistonda avgust oyida palov qanchadan sotilgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda eng qimmat osh Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida sotilyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita respublika bo‘ylab osh markazlarida kuzatuv o‘tkazib, palovning avgust oyidagi o‘rtacha narxlarini e’lon qildi.

Kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 porsiya palovning narxi 13 667 so‘m bo‘lsa, 1 kg osh esa, 95 669 so‘mni tashkil qilgan.

2. Andijon viloyatida 1 porsiya osh 15 600 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 1 kg palovning narxi 109 200 so‘mga teng bo‘lgan.

3. Buxoro viloyatida 1 porsiya palovning narxi 18 667 so‘m bo‘lsa,1 kg oshning narxi esa 130 669 so‘mni tashkil qilgan.

4. Jizzax viloyatida 1 porsiya oshning narxi 15 333 so‘m, 1 kg palov esa 107 331 so‘mdan sotilgan.

5. Qashqadaryo viloyatida 1 porsiya palovning narxi 16 500 so‘m, 1 kg oshning narxi esa 115 500 so‘mga teng bo‘lgan.

6. Navoiy viloyatida 1 porsiya oshning narxi 13 500 so‘m bo‘lsa, 1 kg palov esa 94 500 so‘mdan sotilgan.

7. Namangan viloyatida 1 porsiya palovning narxi 13 286 so‘mga teng bo‘lib, 1 kg palov 93 002 so‘mda sotilgan.

8. Samarqand viloyatida 1 porsiya oshning narxi 16 000 so‘m, 1 kg. palovning narxi esa 112 000 so‘mni tashkil qilgan.

9. Surxondaryo viloyatida 1 porsiya osh 12 000 so‘mdan, 1 kg palov palov esa 84 000 so‘mdan sotilgan.

10. Sirdaryo viloyatida 1 porsiya palovning narxi 14 667 so‘m bo‘lsa, oshning 1 kilogrami 102 669 so‘mdan tayyorlangan.

11. Toshkent viloyatida 1 porsiya oshning narxi 15 167 so‘m,1 kg palovning narxining esa 106 169 so‘m bo‘ldi.

12. Farg‘ona viloyatida 1 porsiya palovning narxi 16 500 so‘m bo‘lsa, 1 kg osh esa 115 500 so‘mdan sotilgan.

13. Xorazm viloyatida 1 porsiya palovning narxi 14 600 so‘m, 1 kg palov esa 102 200 so‘m turgan.

14. Toshkent shahrida esa 1 porsiya palovning narxi 17 400 so‘m bo‘lsa, 1 kg palov palovning narxi 121 800 so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘mita xabariga qo‘ra, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. 

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

palov

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing