O‘zbekistonda 1 kilo palov tayyorlash qanchaga tushadi?
Bu qiziq
−
11:05 6804 1 daqiqa
1 kilogramm (kg) palov tayyorlash uchun hududlar kesimida eng yuqori narx Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, poytaxtda 1 kg palov tayyorlash uchun 116 128 so‘m sarflashga to‘g‘ri keladi. Reytingdagi eng arzon ko‘rsatkichni 98 234 so‘m narx bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallagan.
Hududlar bo‘yicha narxlar ketma-ketligi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 98 234 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 104 256 so‘m;
- Andijon viloyati – 106 160 so‘m;
- Xorazm viloyati – 107 027 so‘m;
- Buxoro viloyati – 107 931 so‘m;
- Namangan viloyati – 108 617 so‘m;
- Jizzax viloyati – 109 666 so‘m;
- Navoiy viloyati – 109 697 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 111 624 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 111 922 so‘m;
- Toshkent viloyati – 112 607 so‘m;
- Samarqand viloyati – 112 930 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 115 413 so‘m;
- Toshkent shahri – 116 128 so‘m.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan 1 kg palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi