Palov indeksi: eng arzon osh qayerda sotildi?

Jamiyat

image

2025 yilning yanvar oyida eng arzon palov Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 23 000 so‘mdan sotilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, uning bir porsiyasi 35 700 so‘m bo‘lgan. Narxlarning qimmatligi bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Buxoro (33 900 so‘m) va Xorazm (31 900 so‘m) viloyatlari joy olgan.

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyida keltirilgan:  

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 26 100 so‘m 
  • Andijon viloyati – 31 200 so‘m 
  • Buxoro viloyati – 33 900 so‘m 
  • Jizzax viloyati –28 800 so‘m 
  • Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m 
  • Navoiy viloyati – 26 800 so‘m 
  • Namangan viloyati – 23 000 so‘m 
  • Samarqand viloyati – 30 500 so‘m 
  • Surxondaryo viloyati – 29 200 so‘m 
  • Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m 
  • Toshkent viloyati – 27 300 so‘m 
  • Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m 
  • Xorazm viloyati – 31 900 so‘m 
  • Toshkent shahri – 35 700 so‘m

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning dekabr oyida ham eng arzon palov Namangan viloyatida edi. O‘shanda u yerda 1 porsiya osh 22 200 so‘mdan sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

palov osh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing