O‘zbekistonda noyabr oyida eng arzon osh qayerda sotildi?
Bu qiziq
−
03 dekabr
36702024 yilning noyabr oyida eng arzon palov Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 porsiyasi 25 700 so‘mdan sotilgan. Bu haqda Statistika agentligining noyabr oyi uchun palov indeksi hisobotida keltirilgan.
Qayd etilishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 34 500 so‘m bo‘lgan. Narxlarning qimmatligi bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Andijon (30 200 so‘m) va Buxoro (33 700 so‘m) viloyatlari joy olgan.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyida keltirilgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 700 so‘m
- Andijon viloyati – 30 200 so‘m
- Buxoro viloyati – 33 700 so‘m
- Jizzax viloyati –28 800 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m
- Navoiy viloyati – 26 800 so‘m
- Namangan viloyati – 22 200 so‘m
- Samarqand viloyati – 30 500 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m
- Toshkent viloyati – 27 300 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m
- Xorazm viloyati – 30 000 so‘m
- Toshkent shahri – 34 500 so‘m
Ma’lumot uchun, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabr oyida eng arzon palov Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 22 ming 100 so‘mdan sotilgandi.
LiveBarchasi