O‘zbekistonda havo sifatini monitoring qiladigan platforma ishga tushadi
Jamiyat
−
25 noyabr 1754 1 daqiqa
O‘zbekistonda Air Monitoring Uzbekistan platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda kecha, 24 noyabr kuni imzolangan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar atmosfera havosi ifloslanishining fon monitoringi uchun 347 ta avtomatlashtirilgan stansiya to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olinadi.
Air Monitoring Tashkent platformasi va Toshkent shahar hokimligiga tegishli 10 ta avtomatik monitoring stansiyasi Ekologiya qo‘mitasi boshqaruviga o‘tkaziladi hamda qo‘mita tomonidan mazkur platforma negizida Air Monitoring Uzbekistan platformasi ishga tushiriladi.
Yangi platformaga xarid qilinishi ko‘zda tutilgan 347 ta stansiya, Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimidagi barcha kuzatuv stansiyalari, shu jumladan, “Zamin” fondi ko‘magida o‘rnatilgan 23 ta avtomatik stansiya ulanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgandi.
Live
Barchasi