O‘zbekistonda eng arzon osh qayerda sotiladi?
Jamiyat
−
02 avgust
8549O‘zbekistonda eng arzon osh Namangan viloyatida, eng qimmati esa Toshkent shahrida sotiladi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, hududlarda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 24 300 so‘m
- Andijon viloyati – 25 800 so‘m
- Buxoro viloyati – 29 000 so‘m
- Jizzax viloyati – 26 100 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m
- Navoiy viloyati – 24 600 so‘m
- Namangan viloyati – 20 000 so‘m
- Samarqand viloyati – 27 800 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 27 100 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 23 600 so‘m
- Toshkent viloyati – 25 700 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 23 800 so‘m
- Xorazm viloyati – 28 300 so‘m
- Toshkent shahri – 30 400 so‘m
Ta’kidlanishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini ob’ektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan ob’ektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
LiveBarchasi