O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo yana 10 kun davom etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, joriy yilning 11-18 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan holda juda issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.

11-18 iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin. 

Xabaringiz bor, oldinroq O‘zbekistonda havo haroratining ko‘tarilishi sabab, yo‘lovchi poyezdlarining tezligiga cheklov belgilangani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Gidrometeorologiya issiq garmsel

Baholaganlar

116

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing