O‘zbekistonda anomal issiq qachondan chekinishi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo joriy yilning 21 iyulidan boshlab 6-9 darajaga pasayishni boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

20 iyul, dushanba kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.

21 iyul, seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6-9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zgidromet bugun, 17 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing