Özbekistonda hafta davomida yomğir yoğib, havo harorati pasayadi

Bu qiziq

−

image

Özbekistonda bugun, 9 noyabrdan boşlab havo harorati pasayib, yomğirli ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 9 noyabrda kun davomida respublikaning ba’zi joylarida yomğir yoğadi, ayrim joylarida kuçli bölişi mumkin, momaqaldiroq kuzatilişi ehtimoli bor, faqat Farğona vodiysida yoğingarçilik kutilmaydi. Şuningdek, bugun şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati 15-20 daraja iliq, şimolda 8-13 daraja iliq atrofida böladi.

Ertaga, 10 noyabr kuni sovuq va nam havo massasining kirib kelişi yanada sezilarli bölib, respublikaning barça hududlari böyiça yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasida yomğir qorga aylanişi mumkin. Ba’zi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati keçalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, şimolda keçalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni taşkil etadi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni Özbekiston hududining katta qismida yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, şimolda keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqni taşkil etadi. Joriy yilning 12 noyabr kuni respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi.

Havo harorati keçasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqaça, kunduzi 7-12 daraja iliq, şimolda keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqni taşkil etadi.

Joriy yilning 13 noyabrida Özbekiston böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqaça, kunduzi 7-12 daraja iliq, şimolda keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq böladi.

Şuningdek, Toşkentda bugun vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 11-13 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat 18-20 daraja iliq böladi.

10 noyabr kuni poytaxtda havo bulutli böladi, yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şamol ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 12-14 daraja iliq böladi. 11 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq böladi.

12 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şimoli-şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq böladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 10-12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Buning oqibatida respublika hududida ob-havoning keskin özgarişi kuzatiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing