O‘zbekistonda an’anaviy faoliyat yuritayotgan maktablar 7 620 taga yetdi
Jamiyat
−
28 sentabr 2020 5100 1 daqiqa
Bugun, 28 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda an’anaviy shakilda faoliyat yuritayotgan maktablar 7 620 taga yoki 76,3 foizga yetdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 7 sentyabr kuni mamlakatda 431 ta (4,3%) maktab faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 14 sentyabrdan 2 560 ta (25,6%), 21 sentyabrda 4 379 ta (43,9%) maktab faoliyatini tiklagan.
Ma’lumot o‘rnida, maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta’lim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda yana 27 ma maktabning faoliyati tiklandi. Ayni vaqtda poytaxtda 318 ta maktabdan 187 tasi an’anaviy tartibda faoliyat yuritmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust