Bugundan O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari narxi oshirildi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
11871O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori bilan bugun, 1 noyabrdan e’tiboran O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi oshirildi.
Unga ko‘ra, 1 litr tayyor alkogol mahsuloti (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:
• vino – 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);
• konyak – 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);
• aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar – 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m) etib belgilandi.
Hujjatda pivo narxlari o‘zgarmasligi belgilangan.
LiveBarchasi