Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘ylab vino iste’moli 1957 yildan buyon eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bu haqda Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotining (OIV) hisobotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2025 yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ichilgan – bu 2024 yilga nisbatan 2,7 foizga va 2018 yilga qaraganda 14 foizga kam degani. Mutaxassislar buning asosiy sabablari sifatida turmush tarzidagi o‘zgarishlar va iqtisodiy noaniqlikni ko‘rsatmoqda.

Hisobotga ko‘ra, dunyodagi eng yirik vino bozori bo‘lgan AQSH va Germaniyada iste’mol bir yil ichida 4,3 foizga, Fransiyada 3,2 foizga, Italiyada esa 9,4 foizga kamaygan. Eng katta pasayish – 13 foiz – Xitoyda qayd etilgan. 

Shu bilan birga, 2025 yilda Portugaliya, Braziliya va Yaponiyada vino ko‘proq ichila boshlagan.

Ekspertlarning bildirishicha, ishlov beriladigan tokzorlar maydoni qisqarishda davom etmoqda, eksport hajmi esa so‘nggi o‘n besh yildagi eng past darajada qolmoqda. Yangi ishlab chiqaruvchi mamlakatlar paydo bo‘lishiga qaramay, oxirgi 25 yil ichida dunyodagi tokzorlarning 10 foizi yo‘q bo‘lib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq spirtli ichimliklarni istalgan miqdorda iste’mol qilish demensiya (aqliy zaiflik) xavfini oshirishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vino sharob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing