Portugaliyadagi shahar ko‘chasida vino daryo bo‘lib oqdi (video)

Olam

image

Portugaliyaning Aveiro okrugidagi vino zavodida portlash sodir bo‘lishi oqibatida shahar ko‘chalarida sharobli daryo hosil bo‘ldi. Bu haqda RBK xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha, 10 sentyabr kuni Aveyru okrugidagi Anadiya shahrida joylashgan “Destilaria Levira” vino zavodida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda ikkita ulkan idish yorilgan va jami 2,2 million litr sharob oqib ketgan. 

Shahar FVB ichimlikdan hosil bo‘lgan daryoni oqava suvlarni tozalash stansiyasiga yo‘naltirishga majbur bo‘lgan. 

“Sharob Sertima daryosiga tushib, ekologik falokatga olib kelmasligi uchun harakat qildik. Xayriyat, fuqarolar muhofazasi bo‘yicha koordinatorimiz monitoring olib borilayotganini, ekologik muammolar yuzaga kelmaganini ma’lum qildi”, deydi Anadiya shahar kengashi vitse-prezidenti Xorxe Sampayo

Mazkur zavodga egalik qiluvchi “Destilaria Levira” kompaniyasi yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ushbu hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Portugaliya vino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing