O‘zbekistonda abituriyentlar eng ko‘p tanlayotgan OTM qaysi?

Bu qiziq

image

Bugun, 24 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 138 331 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 82 284 nafari joriy yil maktab, kollej va litseylarni bitirgan yoshlardir. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Ro‘yxatdan o‘tganlar ta’lim shakli bo‘yicha quyidagicha tasniflangan:

•    kunduzgi – 95 044 nafar;
•    sirtqi – 41 240 nafar;
•    kechki –  2 047 nafar.

Hududlar miqyosida:

•    Toshkent shahri – 38 565 nafar;
•    Andijon viloyati – 16 504 nafar;
•    Samarqand viloyati – 15 642 nafar;
•    Surxondaryo viloyati – 9124 nafar;
•    Farg‘ona viloyati – 8609 nafar;
•    Namangan viloyati – 8522 nafar;
•    Toshkent viloyati – 7597 nafar;
•    Qashqadaryo viloyati – 6676 nafar;
•    Jizzax viloyati – 5170 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4846 nafar;
•    Sirdaryo viloyati – 4733 nafar;
•    Buxoro viloyati – 4295 nafar;
•    Xorazm viloyati – 4115 nafar;
•    Navoiy viloyati – 3933 nafar.

Tillar kesimida:

•    o‘zbek tilida –119 706 nafar (86,5%)
•    rus tilida – 15 778 nafar (11,4 %)
•    qoraqalpoq tilida – 2390 nafar (1,7%)
•    boshqa tillarda – 457 nafar (0.3%).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

▪️ Andijon davlat universiteti – 9 456 nafar;
▪️ Samarqand davlat universiteti – 8 578  nafar;
▪️ Namangan davlat universiteti – 5 878 nafar;
▪️ Toshkent davlat pedagogika universiteti – 5 806 nafar; 
▪️ Termiz davlat universiteti – 5 762 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturient

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing