O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi qanday?

Olam

image

2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mintaqalar bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi:

  1. Toshkent shahri – 32,7 yosh;
  2. Buxoro viloyati – 31,1 yosh;
  3. Toshkent viloyati – 31 yosh;
  4. Navoiy viloyati – 30,1 yosh;
  5. Farg‘ona viloyati – 30 yosh;
  6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 29,8 yosh;
  7. Andijon viloyati – 29,5 yosh;
  8. Xorazm viloyati – 29,5 yosh;
  9. Namangan viloyati – 29 yosh;
  10. Sirdaryo viloyati – 28,7 yosh;
  11. Samarqand viloyati – 28,5 yosh;
  12. Jizzax viloyati – 28,4 yosh;
  13. Qashqadaryo viloyati – 27,7 yosh;
  14. Surxondaryo viloyati – 27,4 yosh.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi dunyodagi o‘rtacha 30,9 yoshdan sezilarli darajada past. Shu bois, O‘zbekiston dunyodagi eng yosh aholiga ega mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga, “Global Relocate” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi eng yosh bo‘lgan mamlakatlarda odatda tug‘ilish darajasi yuqori va umr ko‘rish davomiyligi u qadar katta bo‘lmaydi. Dunyodagi eng yosh mamlakat – Markaziy Afrika Respublikasi (14,3 yosh) hisoblanadi, undan keyingi o‘rinlarni Niger (15,3 yosh) va Somali (15,4 yosh) egallagan. 


Maqola muallifi

Teglar

aholi o'rtacha yosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing